Qatar kompaniyasi Toshkent yaqinida ko‘ngilochar bog‘ qurishi mumkin

eʼlon qilindi
Obyektning qiymati 300 mln dollarni tashkil etadi
Foto: Dunyo

Qatarning Power International Holding kompaniyasi Toshkent viloyatidagi Silk Road Land o‘quv-ko‘ngilochar bog‘i qurilishida ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi «Dunyo» agentligi.

Bir kun avval, Dohada Qatar kompaniyasi rahbariyati va loyihani amalga oshirayotgan O‘zbekistonning SilkRoadInvest Group kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar istirohat bog‘i qurilishini muhokama qilish uchun xorijlik mutaxassislarning qurilish maydoniga tashrifini tashkil etishga kelishib oldilar.

Silk Road Land 180 gektar maydonni egallashi kutilmoqda. Obyektning qiymati 300 mln dollar.

Power International Holding Qatardagi eng yirik xususiy kompaniya hisoblanadi. U 19 mamlakatda faoliyat yuritadi va beshta sho‘ba korxonasiga ega.

Avvalroq, «Kursiv» Power International Holding O‘zbekiston poytaxtida shifoxona qurishi haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek