Taxtaqoracha dovoni vaqtincha yopildi

eʼlon qilindi
Ob-havoning yomonlashishi tufayli
Foto: Piqsels

29-yanvar, dushanba kuni Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi Taxtaqoracha dovoni vaqtincha to‘sib qo‘yildi, deb xabar berdi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Bunga viloyatda kuchli qor yog‘ishi sabab bo‘lgan, deya izoh berdi FVV.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta, 26 yanvar kuni Qamchiq tog‘ dovonini qalin qor qoplagan edi. Yo‘lni tozalash uchun maxsus texnika olib kelindi.

Avvalroq, Kursiv yanvar oyi oxirida O‘zbekiston fuqarolarini qanday ob-havo kutayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek