Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo bilan transport koridoriga 10 mlrd yevro ajratadi

eʼlon qilindi
Bu haqda Yevrokomissiya bayonotida aytildi
Foto: Unsplash

Yevropa Ittifoqi davlatlari va jahon moliya institutlari Transkaspiy transport koridoriga 10 milliard yevro ajratish niyatida, deyiladi Yevropa komissiyasining «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» forumi ochilishiga bag‘ishlangan bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, ushbu savdo yo‘li Rossiyani chetlab o‘tib, Yevropa va Markaziy Osiyoni birlashtirish imkonini beradi.

Bryussel fikriga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga bostirib kirishidan so‘ng, Rossiya Federatsiyasi ishtirokisiz har ikki mintaqani bog‘laydigan muqobil savdo yo‘llariga ehtiyoj bor.

Yevropa investitsiya banki Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston hukumatlari bilan umumiy qiymati 1,47 mlrd yevro miqdorida kreditlar ajratish boʻyicha memorandumlar tuzganini taʼkidladi.

«Markaziy Osiyo oʻzining ulkan salohiyati, ayniqsa, xavfsizlik va aloqadorlik, shuningdek, energiya va resurslarni diversifikatsiya qilish boʻyicha Yevropa Ittifoqining eng muhim hamkoriga aylandi. Yevropa ham, Markaziy Osiyo ham bugungi muammolarga qarshi turishga yaxshiroq tayyor bo‘lish uchun o‘z barqarorligini kuchaytirishi, siyosiy va iqtisodiy munosabatlarini diversifikatsiya qilishi kerak», — dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari Josep Borrel.

Eslatib o‘tamiz, Bryussel Markaziy Osiyo davlatlari bilan uzoq muddatli hamkorlikka umid qilayotgani haqida YeI xabar bergan edi.

Avvalroq, «Kursiv» 2019-yildan 2022-yilgacha O‘zbekistondan Yevropa Ittifoqiga mahsulot eksporti to‘rt baravarga oshib, 450 mln yevroga yetganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek