30-yanvar kuni respublika boʻylab yogʻingarchilik davom etadi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Ayrim joylarga quyuq tuman tushishi mumkin.

Bugun, 30-yanvar kuni respublika boʻylab yogʻingarchilik davom etadi. Ayrim hududlarda yomgʻir yogʻib, qorga aylanishi, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati 0-5 daraja iliq, shimolda 0-5 daraja sovuqni tashkil etadi. Bu haqida «Oʻzgidromet» maʼlum qildi.
Toshkent shahrida yomgʻir va qor yogʻishi kutilmoqda. Havo 3-5 daraja iliq boʻladi.
Togʻli hududlarda qor yogʻib, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi saqlanib qoladi. Havo harorati 0-5 daraja iliqni tashkil qiladi.