O‘zbekiston dzyudochilari Portugaliyada o‘tkazilgan Gran-prida uchta medalni qo‘lga kiritdi

eʼlon qilindi
Ulardan ikkitasi — oltin
Foto: O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi

Portugaliyaning Odivelash shahrida o‘tkazilgan Gran-pri turnirida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

O’zbekistonlik dzyudochilar uchta medalni qo’lga kiritishga muvaffaq bo’lishdi – ulardan ikkitasi eng yuqori darajali. Dilshod Baratov va Diyora Kuldiyorova jamoaga oltin olib kelgan bo‘lsa, Gulnoza Matniyazova kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Yaponiya terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Yaponiya terma jamoasi hisobida — ikkitadan oltin va kumush, shuningdek, beshta bronza.

Turkiyalik sportchilar uchinchi o‘rinni egalladi.

Avvalroq, Kursiv O‘zbekiston dzyudochilari Osiyo chempionatida eng yaxshi natija ko‘rsatgani haqida yozgan edi.

Shuningdek