O‘zbekistonda qaysi sohalarda eng ko‘p maosh olishadi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi
Foto: Prezident matbuot-xizmati

Statistika agentligi 2023-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonda eng ko‘p haq to‘lanadigan faoliyat sohalari ro‘yxatini tuzdi. Shunday qilib, eng yuqori ish haqi moliya va sug‘urta sohalarida – bu soha xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi 13,3 mln so‘mga yetadi.

Keyingi o‘rinlarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar (10,6 mln. so‘m) turadi. Uchinchi oʻrinda logistika sohasi xodimlari (6,9 mln. soʻm).

Sanoat va qurilishda ishchilar 5,2-5,6 mln so‘m, savdoda 4,9 mln so‘m oladi.

2023-yil yakuniga ko‘ra, mamlakatimizda o‘rtacha ish haqi 4,5 mln so‘mni tashkil etadi. Eng yuqori maoshlar poytaxt (7,4 mln so‘m), Navoiy (5,8 mln so‘m) va Toshkent (4,5 mln so‘m) viloyatlarida. Boshqa hududlarda esa ish haqi 3,3 mln so‘mdan 3,9 mln so‘mgacha.

Eslatib o‘tamiz, Picodi portali ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida yanvar oyida eng kam ish haqi miqdori 922 ming so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek