Surxondaryo maktab-internatida 30 dan ortiq bola zaharlandi, jinoyat ishi ochildi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Taomlarga xususiy kompaniya javobgar edi
Foto: XS

O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida maktab-internatda bolalarning ommaviy zaharlanishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi mamlakat bolalar ombudsmeni Surayyo Rahmonova.

Avvalroq, internetda 18-yanvar kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari zaharlangani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi. 33 nafar maktab o‘quvchisi o‘tkir gastrit belgilari bilan tuman poliklinikasiga murojaat qilishdi.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi maʼlumotlariga koʻra, maktabda oʻquvchilarni ovqatlantirish bo‘yicha xususiy korxona masʼul boʻlgan, ular  iste’molga yaroqsiz mahsulotlardan taom tayyorlashgan. 19-yanvar kuni SES oshxonada tahlil o‘tkazdi. Agentlig 20-yanvar holatiga ko‘ra, barcha o‘quvchilar sog‘lom va mashg‘ulotlarga qatnashayotganini ta’kidladi.

Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, xuddi shunday voqea Namangan viloyatining Chust tumanida sodir bo‘lgan edi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, kasallanganlar soni 70 kishiga yetishi mumkin.

Shuningdek