Yangiliklar

Toshkent va Shenchjen o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi

Shahar hokimliklari rahbarlari kelgusida qo‘shma loyihalarni muhokama qildilar
Foto: Toshkent shaxar hokimligi

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov va Shenchjen shahri meri Tsin Veychjun shaharlar o‘rtasida sheriklik munosabatlari to‘g‘risida shartnoma tuzishdi. Hujjat Toshkent delegatsiyasining Xitoyga tashrifi doirasida imzolandi.

Shenchjen hukumati O‘zbekiston poytaxti bilan madaniy almashinuvdan manfaatdor, shuningdek, turizm, savdo va sarmoyaviy sohalarda hamkorlik qilishga tayyor.

Shenchjen iqtisodiy hajmi bo’yicha Xitoyning to’rtinchi yirik shahri. Bundan tashqari, sanoat ishlab chiqarishi bo’yicha ikkinchi o’rinda turadi.

Bu shaharda Huawei, ZTE, Lenovo, Skyworth, BYD Electronic kabi ishlab chiqaruvchilarning korxonalari mavjud.

Avvalroq, «Kursiv» Shenchjen shahrida biznes-forum bo‘lib o‘tgan va unda O‘zR rahbari Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlagani haqida e’lon qilgan. Tadbirda Xitoyning China Energy, China CAMC Engineering, Gezhouba Group, BYD Auto Industry, ZTE kabi yirik kompaniyalarining 600 nafar vakili ishtirok etdi.