Xitoydagi narx urushi BYD aksiyalarini tushurdi

eʼlon qilindi
Kompaniyaning 2023-yildagi foydasi rekordlarni yangiladi, ammo tahlilchilarning prognozlariga yetib bormadi.
Foto: Unsplash

Xitoyning avtomobil ishlab chiqaruvchi BYD kompaniyasining aksiyalari mamlakatdagi narxlar urushi fonida kompaniya kutilganidan pastroq daromad olgani haqida xabar bergani sababli keskin tushib ketdi. 2023-yilda konsern birinchi marta avtomobil sotish hajmi bo‘yicha amerikalik raqibi Tesla’dan o‘tib ketdi, biroq mijozlarga ko‘plab chegirmalar berishga majbur bo‘ldi, deb xabar berdi Bloomberg.

Gonkong fond birjasida BYD qimmatli qog‘ozlari 4 foizga pasaydi. Bu kompaniya 2023-yil uchun dastlabki moliyaviy natijalarni e’lon qilganidan keyin sodir bo‘ldi. Sof foyda miqdori 29 mlrd (taxminan 4 mlrd dollar) dan 31 mlrd yuangacha (4,3 mlrd dollardan ortiq) bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Bu miqdor konsern uchun rekorddir, biroq u tahlilchilarning prognozlariga yetishmadi.

Ma’lum bo’lishicha, 2023 yilning IV choragida BYD avtomobillarining rekord darajadagi yetkazib berilishi sof foyda miqdoriga unchalik ta’sir qilmagan. Bu ko‘rsatkich 7,2 milliarddan (taxminan 1 mlrd dollar) 9,2 mlrd yuanga (deyarli 1,3 mlrd dollar) baholanmoqda. III chorakda bu qiymat 10,9 mlrd yuanni (taxminan 1,5 mlrd dollar) tashkil etdi.

Avvalroq, «Kursiv» Tesla qanday qilib BYDga yetakchilikni boy bergani haqida yozgan edi.

Shuningdek