Yaponiya O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish uchun $200 million ajratadi

eʼlon qilindi
Mablag‘larning bir qismi charm sanoatini rivojlantirishga yo‘naltiriladi
Foto: MicEnin/Depositphotos

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) O‘zbekiston chorvachiligini qo‘llab-quvvatlash uchun $200 million ajratadi, deb xabar berdi «O‘zcharmsanoat» uyushmasi.

Bu pullar chorvadorlar va charm sanoati vakillariga imtiyozli kreditlar ajratishga yo‘naltiriladi.

Assotsiatsiya JICA mablagʻlari oʻzbek mahsulotlarini xorijga yetkazib berish hajmini oshirishi va respublika hududlarida aholi bandligini taʼminlashga xizmat qilishini taʼkidladi.

2023-yilda O‘zbekistonda chorvachilik bo‘yicha umumiy qiymati 7,4 trillion so‘mlik 2,2 mingta loyiha amalga oshirildi. Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalar hisobidan tashkil etilgan 560 dan ortiq ixtisoslashtirilgan korxona ish boshladi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston va Yaponiya IT, energetika va tibbiyot sohasida hamkorlik qilishga kelishib olgani haqida yozgan edi.

Shuningdek