Chorshanba kuni ertalab Toshkentdan Dubayga jo‘nab ketishi kerak bo‘lgan FlyDubai arab aviakompaniyasining samolyoti aeroportda kechiktirildi. Gap, FZ1942 reysi haqida ketmoqda, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.
Samolyot ertaga, 1-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:30da parvoz qilishi kutilmoqda. Reysgacha yo‘lovchilar mehmonxonaga joylashtiriladi.
Parvoz texnik sabablarga ko‘ra kechiktirildi.
Yanvar oyida «Kursiv» tuman tufayli Toshkent aeroportida samolyotlarni qabul qilish bilan bog‘liq muammolar haqida yozgan edi.