O‘zbekiston fuqarolari 4-fevraldan boshlab Eronga vizasiz borishlari mumkin bo‘ladi

eʼlon qilindi
Shuningdek, Belarus, Qirg'iziston va boshqa mamlakatlar aholisi uchun
Foto: radiokafka/Depositphotos

Eron 4-fevraldan boshlab 28 davlat, jumladan O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rejimini bir tomonlama bekor qiladi, deb xabar berdi IRNA portali Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alirizo Bigdeliga tayanib.

«Tashqi ishlar vazirligi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan 28 davlatga vizani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori haqida tegishli idoralarni xabardor qildi»— dedi diplomat.

Vizasiz rejim Belarus, Qirgʻiziston, BAA, Saudiya Arabistoni va Serbiya fuqarolariga ham tegishli.

Oʻzbekiston Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning oʻn oyida Eronga 632 nafar oʻzbekistonlik tashrif buyurgan. Bu davlatga O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati dam olish maqsadida kelgan – 438 kishi, ishlash uchun – 126 kishi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston pasporti Markaziy Osiyodagi eng kuchli pasportlardan biri ekanligini yozgan edi.

Shuningdek