Putin qancha daromad oladi?

eʼlon qilindi
Rossiya Markaziy saylov komissiyasi mamlakat prezidentining deklaratsiyasini e'lon qildi
Foto: Piqsels

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2017 yildan 2022 yilgacha 67,5 million rubldan (taxminan 748 ming dollar) oshiq daromad oldi, deb yozdi «Kommersant» Federatsiya Markaziy saylov komissiyasi (MSK) ma’lumotlariga tayanib.

Bu miqdorga Rossiya prezidentining maoshi, uning qimmatli qog‘ozlari va bank depozitlaridan tushgan daromadi, harbiy pensiya va mulkni sotishdan tushgan mablag‘ kiradi.

Rossiya rahbarining deklaratsiyasiga uchta avtomobil – ikkita GAZ M21 va bitta «Niva», shuningdek, «Skif» avtoulovi tirkamasi kiritilgan. Putinning Sankt-Peterburgda kvartirasi (77 kv.m) va garaji (18 kv.m) ham bor. Bundan tashqari, uning ixtiyorida Moskvada (153,7 kv.m.) uy-joy mavjud.

Avvalroq, Kursiv AQSh prezidenti qancha maosh olishi haqida yozgan edi.

Shuningdek