Mask Tesla’ni Texasda qayta ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi

eʼlon qilindi
Milliarder aksiyadorlar o‘rtasida ovoz berishlarini e’lon qildi
Foto: GRC World Forum

Tesla bosh direktori Ilon Mask aksiyadorlar o‘rtasida kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazishni Delaverdan Texasga o‘tkazish bo‘yicha ovoz berishlarini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Bungacha amerikalik milliarder X (Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida so‘rov o‘tkazib, unda qayta ro‘yxatdan o‘tish haqida savol bergan edi. Respondentlarning 87,1 foizi yoqladi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning 30-yanvarida Delaver shtati sudi Maskga $56 mlrd mukofot to‘lamaslik uchun qaror qilgan edi. Bu summa AQSh korporativ tarixidagi eng yirik to‘lov bo‘lardi.

Keyinchalik Tesla rahbari X-da kompaniyani Delaverda ro‘yxatdan o‘tkazishga arzimasligini yozgan.

Bungacha Mask Tesla shtab-kvartirasini Kaliforniyaning Palo-Alto shahridan Texasning Ostin shahriga ko‘chirdi.

Avvalroq, «Kursiv» 25-yanvar kuni IV-chorak uchun hisobot e’lon qilinganidan keyin Tesla aksiyalari 12 foizga arzonlashganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek