O‘zbekistonlik nafaqaxo‘rlar avtomatik ravishda sanatoriyga navbatga qo‘yiladi

eʼlon qilindi
Sentyabrdan boshlab
Foto: Piqsels

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmonidaga asosan 2024-yil 1-sentabrdan boshlab pensiya yoshiga yetgan mamlakat fuqarolari avtomatik tarzda sanatoriylarda davolanish uchun navbatga qo‘yiladi.

«2024 yil 1 sentyabrdan boshlab pensiya tayinlashda bir vaqtning o‘zida sanatoriyaga navbatga qo‘yish va shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘idagi pulni olish bilan bog‘liq harakatlarni proaktiv tarzda amalga oshirish, nogironlikni tayinlashda esa, sanatoriyaga navbatga qo‘yish va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan imtiyozlar to‘g‘risida xabardor qilish tartibi joriy etilsin.», — deyiladi davlat rahbari farmonida.

Shuningdek, 2024 yilning dekabr oyidan boshlab Toshkent shahrida nodavlat notijorat tashkilotlari ko‘magida yolg‘iz, keksalar va nogironlarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yiladi.

Hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar bosqichma-bosqich protezlash va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlanadi.

Avvalroq, Kursiv O‘zbekistonda eng kam ish haqi 75 dollargacha oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek