Qanot Sharq qachon O‘zbekistondan Madridga ucha boshlaydi

eʼlon qilindi
Hozircha sotuvda chiptalar mavjud emas
Foto: Transport vazirligi

Qanot Sharq aviakompaniyasi aprel oyi boshida O‘zbekistondan Ispaniyaning  poytaxti Madridga  parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqchi, deb xabar berdi Vandrouki: Central Asia Telegram kanali.

Toshkent-Urganch-Madrid parvozlar 2-apreldan amalga oshirilishi kutilmoqda. Biroq, hozircha sotuvda chiptalar yo‘q.

Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlarida bu ma’lumot tasdiqlanmagan.

Avvalroq, «Kursiv» Qanot Sharq shunday reysni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek