Apple bayram kunlarida $120 mlrd ishlab topdi

eʼlon qilindi
Kompaniya aksiyalari ko‘tarildi
Foto: bloodua / depositphotos.com

2023-yilning IV-choragida Amerikaning Apple kompaniyasi $120 mlrd ishlab topdi, daromad bir yil avvalgiga nisbatan 2,1 foizga oshdi, deb xabar beradi The Wall Street Journal.

IV-chorakdagi sof foyda yiliga 13 foizga oshib, $34 mlrd tashkil etdi.

Rojdestvo va Yangi yil bayramlarida kompaniya daromadlarining o‘sishi Apple tarixidagi bir qator moliyaviy omadsiz davrlarni tugatdi. Biroq, texnologiya giganti sarmoyadorlari firmaning Xitoydagi savdo ko‘rsatkichlaridan xavotirda.

Yangilik tufayli Apple aksiyalari 1,33 foizga oshdi.

Avvalroq, «Kursiv» Apple’ning dunyodagi eng qimmat kompaniyalar reytingida uzoq yillik yetakchilik mavqei xavf ostidaligi haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek