AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq dasturchisi WikiLeaks platformasiga ma’lumotlar tarqatgani uchun 40 yilga qamaldi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Prokurorlarning so‘zlariga ko‘ra, shu yo‘l bilan u o‘z boshliqlaridan qasd olmoqchi bo‘lgan.
Фото: Unspalsh

Nyu-York federal sudi Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq dasturchisi Joshua Shulteni WikiLeaks’ga o‘ta maxfiy materiallarni berganligi uchun 40 yillik qamoq jazosiga hukm qildi, deya xabar beradi tashkilot.

«WikiLeaks Vault 7 ma’lumotlarini tarqatganlikda gumon qilingan Joshua Shulte bugun Nyu-York federal sudida 40 yilga hukm qilindi», – deyiladi bayonotda.

Prokurorlar bu jinoyatni «Amerika tarixidagi josuslik to‘g‘risidagi qonunning eng jirkanch, qo‘pol qonunbuzarliklaridan biri» deb atadi.

2022-yilning yozida Shulte maxfiy ma’lumotlar bilan noqonuniy muomalada bo‘lish va adolatga to‘sqinlik qilishda aybdor deb topildi.

Associated Press xabariga koʻra, toʻplangan ma’lumotlar Markaziy razvedka boshqarmasi josuslik harakatlari doirasida uyali telefonlarni buzib, televizorlarni tinglovchi qurilmalarga aylantirishga urinayotganini koʻrsatdi.

Prokurorlarning ta’kidlashlaricha, Shultening jinoyati ortida hech qanday altruistik maqsad yo‘q. Ularning fikriga ko‘ra, bu rahbariyatdan qasd olish harakati bo‘lib, uni ba’zi vakolatlardan mahrum qilishgan va uni «zo‘ravon xatti-harakatlari» uchun tanqid qilishgan.

O‘tgan sentabr oyida Shulte bolalar pornografiyasini saqlashda aybdor deb topildi.

«Bugun Joshua Shulte nafaqat mamlakatimizga xiyonat qilgani, balki dahshatli bolalar pornografiyasiga saqlagani uchun ham haqli ravishda jazolandi», dedi FQB direktorining mas’ul yordamchisi Jeyms Smit hukm o‘qilganidan keyin bergan bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil aprel oyida FQB 21 yoshli Jek Teysheyruni Pentagonning maxfiy hujjatlarini oshkor qilgani uchun hibsga olgan edi.

Shuningdek