Chimyon dam olish maskanlariga avtomobillar harakati vaqtinchalik bir tomonlama bo‘ladi

eʼlon qilindi
YHXX ma'lumotlariga ko'ra
Foto: Piqsels

Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Chimyon togʻlaridagi dam olish maskanlariga avtomobillar harakati bir tomonlama boʻladi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati.

Ko‘rilgan chora O‘zbekistonda ob-havoning o‘zgarishi va Chimyon kurortlariga dam oluvchilar oqimining ko‘payishi bilan bog‘liq.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati haydovchilarni yo‘l belgilariga e’tiborli bo‘lishga va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga chaqirdi.

Video: Oʻzbekiston Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati

Avvalroq, Kursiv O‘zbekistonda iqlim sharoiti tufayli Taxtaqoracha dovoni vaqtincha yopilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek