«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi xodimlarning oylik maoshlari kechiktirilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi. Ilgari bu haqdagi maʼlumotlar internetda tarqalgan edi.
2024-yil 31-yanvar holatiga ko‘ra, ish haqi bo‘yicha qarzlar to‘liq to‘langan va kompaniyaning qarzi yo‘q. «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati xodimlariga mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan shart va muddatlarga muvofiq maosh to‘lashini alohida ta’kidladi.
Avvalroq, Statistika agentligi ish haqi bo‘yicha sohalar ro‘yxatini tuzgani xabar qilingandi. O‘tgan yil yakuniga ko‘ra, eng yuqori ish haqi moliya va sug‘urta sohasi xodimlarida bo‘lgan – ularning o‘rtacha oylik ish haqi 13,3 mln so‘mni tashkil qilgan.