O‘zbekistonda kimga o‘qituvchilik qilish taqiqlandi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Mamlakat prezidenti shunday qonunni imzoladi
Foto: Prezident matbuot-xizmati

O‘zbekistonda o‘qituvchi bo‘lib ishlay olmaydigan shaxslar ro‘yxati tasdiqlandi. Ro‘yxatga fuqarolarning besh toifasi kiritilgan. Bu chora O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 1-fevral kuni imzolangan qonunda belgilab qo‘yilgan.

Endilikda sud tomonidan o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan fuqarolar maktablarda dars bera olmaydi. Bundan tashqari, ro‘yxatga psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida ro‘yxatga olingan yoki qasddan jinoyat sodir etganlik uchun ilgari sudlangan shaxslar kiritiladi.

Sud tomonidan qisman yoki to‘liq muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoki o‘qituvchilik faoliyatiga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari bo‘lgan shaxslar o‘qituvchi bo‘la olismaydi.

Eslatib o‘tamiz, xuddi shu hujjatda o‘qituvchilarni tashqi ishlarga jalb etish taqiqlangan edi.

Shuningdek