Samolyot AQShning mobil uy avtoturargohiga quladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Qulash natijasida to‘rtta uy yonib ketdi.
Foto: CHRIS URSO | Times

Beech V35B Bonanza samolyoti Florida shtatidagi Kliruoter shahridagi mobil uy avtoturargohiga qulab tushdi. Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 19:30 da sodir bo‘lgan.

Samolyotning qulashi natijasida parkning  bir qismi alanga ichida qolgan – to‘rtta uy yonib ketgan, bir necha kishi halok bo‘lgan.

Halokatdan sal oldin Beechcraft Bonanza V35 uchuvchisi dvigatelda nosozlik haqida xabar bergan.

Rasmiylar halokat vaqtida samolyot bortida va mobil uylarda qancha odam bo‘lganini hali aniqlagani yo‘q, dedi Clearwater Fire xizmati boshlig‘i Skott Elers. Yaqin atrofdagi mobil uylarda yashovchi odamlar hududdan evakuatsiya qilindi.

Avvalroq, «Kursiv» Afg‘onistonda Moskvaga uchayotgan samolyot halokatga uchragani xabar qilgan edi. 20- yanvar kuni Falcon 10 Afg‘oniston havo hududida aloqaga chiqmadi.
Shuningdek