“Boqiy Buxoro” tarixiy-etnografik bog‘i qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi — foto

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Uning hududida etnografik muzey va tarixiy mahallalar joylashadi
Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

Buxoroda «Boqiy Buxoro» tarixiy-etnografik bog‘i tashkil etiladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uning hududida etnografik muzey, Buxoro vohasiga xos tarixiy mahallalar, choyxonalar va hunarmandchilik ustaxonalari bo’ladi.

Etnografik istirohat bog‘ini barpo etish uchun xalqaro ekspertlar guruhi va mahalliy mutaxassislar jalb etiladi. Barcha ishlar 1972-yil 16-noyabrda UNESCO Bosh konferensiyasi tomonidan qabul qilingan Butunjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konventsiya talablari asosida amalga oshiriladi.

Loyiha doirasida «yo‘qotilgan madaniy boylik» namunasi bo‘lgan qadimiy drenaj tizimlarini qayta tiklash, yashil maydonlarni kengaytirish ham ko‘zda tutilgan.

Shuningdek