O‘zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra davlat Bishkek issiqlik elektr stansiyasida yuz bergan avariya munosabati bilan Qirg‘izistonga yordam ko‘rsatishga tayyor. Bu haqda 2-fevral kuni Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan suhbatda O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
Xususan, O‘zbekiston tomoni yordam sifatida Andijondan O‘shga suyultirilgan gaz ballonlarini jo‘natishini ma’lum qildi.
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi birodarlarcha gumanitar yordam ko‘rsatishga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2-fevral kuni Bishkekdagi bosh energetika obyekti – mahalliy issiqlik elektr stansiyasida (IES) yirik avariya yuz berdi. Shaharda issiq suv va qisman isitish o‘chirildi.