Miya chipi odamga o‘rnatilishi, AI-80dan voz kechishi, Osiyo Kubogi natijalari, kriptovalyuta savdosi, Mediapark sotilishi va «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi qonun: haftaning dolzarb yangiliklari

eʼlon qilindi
Foto: Getty Images

AQShda birinchi miya chipini odamga o‘rnatishdi

Amerikalik biznesmen Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi birinchi marta insonga miya chipini joylashtirdi.

O‘zbekiston AI-80 benzinidan voz kechadi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublika bosh vaziri Abdulla Aripovga 2025-yildan boshlab AI-80 benzinini bosqichma-bosqich bekor qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish boʻyicha topshiriq berdi.

Foto: Kosta/ Pixabay

Nodirbek Abdusattorov nufuzli shaxmat turnirida uchinchi o‘rinni egalladi

Foto: Tata Steel

2024-yil 28-yanvar kuni Veyk-an-Zi shahrida ohirgi 13-tur bo‘lib o‘tdi. 12- yanvarda boshlangan 86-Tata Steel Chess turniri butun dunyodan shaxmat ixlosmandlarining e’tiborini tortdi. O‘n uchta tur natijasiga ko‘ra, o‘tgan yilgi chempion Anish Giri hindistonlik Gukesh DNodirbek Abdusattorov va xitoylik Vey Yi bilan birinchi o‘rinni bo‘lishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi uchun Osiyo Kubogi yakunlandi

Foto: O‘FA

Qo‘shimcha taymlarda ham gol bo‘lmadi. Penaltilar seriyasida O‘zbekiston Qatar terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi va hamyurtlarimiz uchun turnir o‘z nihoyasiga yetdi.

Putin qancha daromad oladi?

Foto: Piqsels

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2017-yildan 2022-yilgacha 67,5 million rubldan (taxminan 748 ming dollar) oshiq daromad oldi.

AQSh Shimoliy Koreyani samolyot tashuvchi kemalari bilan to‘xtatmoqchi

Amerika Qo’shma Shtatlari (AQSh) Shimoliy Koreya va Xitoyni to‘xtatib turish uchun Tinch okeanining g’arbiy qismida uchta samolyot tashuvchi kemalarni joylashtirishga qaror qildi.

O‘zbekistonda kriptovalyuta sotib olishning qanday yo‘llari bor

Foto: Jordi_ali / depositphotos.com

O‘zbekistonda 2023-yil 1-yanvardan boshlab kriptovalyuta sotib olish yoki sotish faqat respublikada litsenziyalangan platformalarda ruxsat etiladi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) saytida xabar berildi. 2024-yil fevral oyi boshida O‘zRda ikkita kriptobirja va 10 ta kriptodo‘kon ishlashga ruxsat oldi. «Kursiv» O‘zbekistonda qanday kriptovalyutalarni sotib olish mumkinligi va bunda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida mutaxassislar bilan suhbatlashdi.

Jahongir Ortiqxo‘jaev Mediapark’ni sotdi

Foto: Vikipediya

Toshkentning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev Mediapark’ni sotdi. Bu haqda «Kursiv»ga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda o‘qituvchilarning ayrim to‘lovlari nolga tenglashtirildi

Foto: O‘zJTU

O‘zbekistonlik o‘qituvchilar kasbiy sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish bilan bog‘liq fuqarolik da’volari uchun yig‘im to‘lashdan ozod etiladi. Bu norma «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi qonunda belgilangan.

Shuningdek