Ortiqxo‘jayev: «Paxtakor»ni $100 sotib olmas edim

eʼlon qilindi
U Magic City haqida ham gapridi
Foto: Paxtakor FK

Toshkentning sobiq hokimi, hozirda «Paxtakor» raisi Jahongir Ortiqxo‘jaev klub xaridi haqida gapirdi. U Lolazor podkastida shu mavzuni muhokama qildi.

Ortiqxo‘jayev «Paxtakor»ga 200 mlrdga so‘mga yaqin sarmoya kiritgani haqida gapirdi va O‘zbekiston futbolini rivojlantirish haqida aytib berdi.

«$100 olmas edim, tekinga olishim mumkin»- dedi sobiq hokim.

«Magic City loyihasiga $55 mln mablag‘ ajratganman. Vaqt o‘tib men uchun og‘irlik qildi Magic City‘ni boshqarish va men boshqa loyihalar ustida ishlashni hohladim»- deb aytdi Ortiqxo‘jayev.

Eslatib o’tamiz, Jahongir Ortiqxo’jaev avvalroq Mediapark, Ecobozor, AKFA Lighting, Magic City, Bazalt kabi kompaniyalarni sotganini aytgan edi.

Avvalroq, «Kursiv» «Paxtakor»ni kim sotib olishga qiziqadi va imidj uchun bu futbol brendi nima berishi haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek