Qozog‘iston hukumati iste’foga chiqdi

eʼlon qilindi
Ilgari Alixon Smoilov bosh vazirlik qilgan
Foto: «Vikipediya»

5-fevral kuni Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev respublika hukumatini isteʼfoga chiqarish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Roman Sklyar bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bungacha u Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Yangi hukumat tasdiqlangunga qadar Vazirlar Mahkamasi aʼzolari oʻz faoliyatini davom ettiradi. Eslatib o‘tamiz, bungacha bosh vazir lavozimini Alixon Smoilov egallab turgan.

Avvalroq, «Kursiv» Qozog‘iston hukumati «ArcelorMittal Temirtau» bilan hamkorlikni to‘xtatishi haqida yozgan edi.

Shuningdek