Toshkent viloyatidan poytaxt metrosiga tezyurar avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Shuningdek, shaharda tirbandlikni kamaytirish choralari ko'riladi.
Foto: O‘zA

Toshkent viloyatining chekka hududlari metro bekatlariga ekspress avtobuslar orqali ulanadi. Bu 2024-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi loyihasida belgilab berilgan.

Ekspress avtobuslar harakatini shaharga tutash hududlardan tashkil etish rejalashtirilgan. Xususan, «Nazarbek»dan «Chorsu» va «Paxtakor» metro bekatlarigacha, «Uchxramon» aholi yashash punktidan Yunusobod dehqon bozori va «Shahriston» metro bekatigacha transport qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi ham joriy etiladi. Poytaxtdagi tirbandlikni kamaytirish maqsadida ayrim ko‘chalarda bir tomonlama harakat tashkil etilmoqda. Universitetlarda o‘qish jadvallarini o‘zgartirish orqali, eng tig‘iz soatlarda transportga ehtiyoj kamayadi.

Bundan tashqari, yuk mashinalari harakati eng tig‘iz vaqtda cheklanadi. Poytaxtda 255 ta chorraha «aqlli svetoforlar» bilan tartibga solinadi. Kamida o‘nta ko‘cha yo‘llar bo‘ylab pullik avtoturargohlar bilan jihozlanadi. Shaharga olib boruvchi asosiy magistral yo‘llarda vazn va o‘lchamlarni nazorat qiluvchi postlar o‘rnatiladi.

Eslatib oʻtamiz, davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev yigʻilishlardan birida 2024-yil davomida hududlarga 1,2 mingta avtobus va elektrobuslar yetkazib berish boʻyicha topshiriq bergan edi.

Shuningdek