Chimkentda shahar administratsiyasi yig‘ilishda mansabdor shaxs qo‘lga olindi – video

eʼlon qilindi
U 120 million tengeni talon-toroj qilishda gumon qilinmoqda
Foto: Piqsels

Chimkentda shahar administratsiyasi yig‘ilishda Qozog‘iston Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati mansabdor shaxsni hibsga oldi, deb xabar berdi Otyrar.kz.

«Yana bir bor eslatib o‘taman, noqonuniy boyib ketish imkoniyatlarini izlashga urinishlarni to‘xtating. Biz davlat xizmati vakillarimiz», – deya keyinroq Chimkent administratsiyasi rahbari Gabit Sizdikbekov izoh berdi.

Qozog‘iston Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs qariyb 120 million tenge (3,2 milliard so‘m) miqdoridagi byudjet mablag‘larini o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda.

Avvalroq, Kursiv O‘zbekistonda 2023-yilda 3,5 ming mansabdor javobgarlikka tortilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek