Kriptoaktivlar aylanmasi O‘zbekistonga 36,2 milliard so‘m keltirdi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Daromadlar 2022-yilga nisbatan 10 baravardan ortiq oshdi
Rasm:

2023-yilda O‘zbekistonda kriptoaktivlar aylanmasi sohasida xizmat ko‘rsatuvchi provayderlardan 36,2 milliard so‘mlik davlat boji va yig‘imlari olingan. Bu haqda 6-fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) ushbu yo‘nalishni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Asqarjon Zakirov ma’lum qildi.

ILMA tomonidan prognoz qilinganidek, 2023-yilda sektordan tushgan daromadlar oshgan. Eslatib oʻtamiz, litsenziyalash tizimini yangilash va yigʻimlarni toʻlashni yoʻlga qoʻyish 2022-yilning uch oyida byudjetga 3,5 milliard soʻm olib keldi. 2023-yilda bu miqdor 10 barobardan ko‘proqqa oshgan.

O’tgan yili regulyator vakillari bozorda kompaniyalarning ko’payishi hisobiga to’lovlarning oshishi prognoz qilinganligini ta’kidladilar.

2023-yilda ILMA bitta kriptobirja, ikkita kriptodepozitariysi va oltita kriptodo‘koniga litsenziya berdi. Taqqoslash uchun: 2022-yil oxirida bitta birja va to‘rtta do‘kon ruxsatnomaga ega edi.

Shuningdek