Oʻzbekiston oʻrmonlarining maydoni 1 mln gektarga kengaydi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
O‘tgan olti yil ichida
Foto: DUK «Milliy PR-markaz»

O‘tgan olti yilda O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon fondi maydoni 1 mln gektarga kengaytirilib, 11,9 mln gektarga yetkazildi. Bu haqda O‘rmon xo‘jaligi agentligi rahbari Nizomiddin Bakirov ma’lum qildi.

Hozirda oʻrmon yerlari respublika hududining deyarli toʻrtdan bir qismini (26,4 foiz) tashkil etadi.

Orolboʻyi mintaqalarining ekologik barqarorligini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida 222 ming gektar maydonda saksovulning «yashil qoplamalari» yaratildi.

Avvalroq, «Kursiv» 2023-yilda Stavropol o‘lkasidan O‘zRga 463 dona ko‘p yillik daraxtlar – archa, qarag‘ay, jo‘ka, qayin ko‘chatlari olib kelingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek