De Beers korporatsiyasi Angolaga olmos ishlab chiqarishni oshirishga yordam beradi

eʼlon qilindi
Afrikaning bu mamlakatida har yili 9 mln karatga yaqin olmos qazib olinadi
Foto: robertohunger / depositphotos.com

Angola va yirik olmos qazib olish va sotish korporatsiyalaridan biri De Beers o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha shartnoma imzolandi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Keyptaun shahrida bo‘lib o‘tgan anjumanda qimmatbaho toshlarni qidirish va qayta ishlash sohasida hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi hujjat imzolandi.

De Beers bosh direktori El Kukning aytishicha, Angola islohotlar orqali biznes shaffofligini oshirayotgan davlatdir.

Angola davlatiga qarashli Sodiam kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, har yili mamlakatda 9 mln karatga yaqin olmos qazib olinadi. 2024-yilda bu ko‘rsatkichni 14 millionga yetkazish rejalashtirilgan.

Euronews ma’lumotlariga ko‘ra, Angola 2021-yilda olmos ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda oltinchi, Afrikada uchinchi o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil yanvar oyi oxirida Angola Rossiyaning «Alrosa» kompaniyasidan zaxirasi 120 mln karat bo‘lgan Katoka olmos konini o‘zlashtirayotgan Sociedade Mineira de Catoca korxonasi ustav kapitalidan chiqishni so‘ragan edi.

Avvalroq, «Kursiv» Buyuk Britaniya 2024-yil 1-yanvardan boshlab Rossiya olmoslarini olib kirishni taqiqlaganini yozgan edi.

Shuningdek