Yangiliklar

Poytaxt metropoliteni ma’muriyati Chilonzor yo‘nalishidagi poyezdlar to‘xtashini tushuntirdi

Voqea 7 fevral kuni ertalab sodir bo‘lgan
Foto: Piqsels

«Toshkent metropoliteni» davlat unitar korxonasi 7-fevral kuni ertalab ro‘y bergan poyezdning poytaxt metrosida to‘xtab qolishi sababini tushuntirdi.

Korxona maʼlumotlariga koʻra, poyezd «Hamid Olimjon» bekatidan «Amir Temur xiyoboni» (Chilonzor liniyasi) harakatlanayotgan edi. Biroq texnik nosozlik tufayli poyezd harakatni davom ettira olmadi va texnik ko‘rikdan o‘tkazishga jo‘natildi.

«Hozirgi vaqtda yo‘nalishda poyezdlar harakati belgilangan jadval asosida amalga oshirilmoqda.», — deyiladi xabarda.

Avvalroq, Kursiv Toshkent metrosidagi «Xalqlar do‘stligi» bekatining vestibyullaridan biri vaqtincha yopilishi haqida yozgan edi.