2023-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotiga qancha sarmoya jalb etildi

eʼlon qilindi
Bu haqida Statistika agentligi ma'lum qildi
Foto: Piqsels

2023-yilda O‘zbekistonning asosiy kapitaliga jalb etilgan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 352,1 trillion so‘mga yetdi, deya xabar berdi Davlat statistika agentligi.

Shundan 53,4 foizi xorijiy davlatlar investitsiyalari va xalqaro kreditlar hissasiga to‘g‘ri keldi.

O‘tgan yili Xitoy O‘zbekiston iqtisodiyotiga eng ko‘p sarmoya kiritdi: jami xorijiy sarmoyaning 25,3 foizini ushbu mamlakat kiritgan. Ikkinchi o‘rinni Rossiya egalladi (13,4%).

Birinchi uchlikni Saudiya Arabistoni (7,9%) yakunladi. Eng sarmoyadorlar beshligiga Turkiya (6,4%) va Birlashgan Arab Amirliklari (5,8%) ham kirdi.

Avvalroq Kursiv 2023-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 7,2 milliard dollardan oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek