CDP xalqaro ekologik tashkiloti “O‘zmetkombinat”ga baho berdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Kompaniya "C" reytingiga sazovor bo‘ldi
Foto: GMK Center

O‘zbekiston metallurgiya kombinati mamlakatda birinchi bo‘lib CDP (Carbon Disclosure Project) xalqaro ekologik tashkilotidan baho oldi. Bu haqda «O‘zmetkombinat» matbuot xizmati xabar berdi. Reliz «Kursiv»da mavjud.

Kompaniyaga «C» bahosi berildi. Bu natija global o‘rtacha ko‘rsatkichga to‘g‘ri keladi va CDP tomonidan kompaniyaning iqlim o‘zgarishi sohasidagi keng ko‘lamli masalalari bo‘yicha xabardorligi va ko‘rilayotgan chora-tadbirlarini tan olinishini bildiradi. CDP jami to‘rtta baho (A dan D gacha) belgilashi mumkin.

Kompaniyaning xabar berishicha, Finvizier Consultancies DMCC konsalting kompaniyasi «O‘zmetkombinatni» CDP baholashda ishtirok etishga tayyorlashda yordam bergan.

Avvalroq, «Kursiv» Citibank NA London filiali «O‘zmetkombinat» AJ’ga garov va kafolatsiz $100 mln miqdorida kredit ajratishi haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek