Yangiliklar

Diniy bloger Abror Muxtor Aliy 15 sutkaga qamaldi

Jazoni o‘tash muddati 6-fevraldan boshlangan
Foto: Facebook sahifasi

Diniy bloger Abror Muxtor Aliy Shayxontohur hokimligida janjal tufayli militsiya xodimlarining talablariga boʻysunmagani uchun 15 kunlik qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar berdi «Kursiv»ga tuman sudi vakili.

O‘zR Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasiga asosan 15 sutkalik ma’muriy qamoqqa olish tarzidagi chora ko‘rildi. Jazoni o‘tash muddati 2024-yil 6-fevral kunidan boshlab xisoblanadi.

Avvalroq, «Kursiv» Toshkentda ikkita Telegram kanali administratorlari qamoq jazosiga hukm qilinganini e’lon qilgan edi.