Freedom Finance Global tufayli qozog‘istonliklar Air Astana aksiyalari bilan erta savdo qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar

eʼlon qilindi
Foto: qozog‘istonliklar Air Astana aksiyalari bilan erta savdo qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar / kollaj kursiv.media

Freedom Finance Global 15-fevralda ochiladigan asosiy savdolar oldidan AIX va London fond birjasida (LSE) Air Astana aksiyalari va Global depozitar tilxatlarni (GDT) sotib olish imkoniyatini beradi. Bu haqda AIX relizida xabar berilgan.

2024-yil 9-fevral kuni Ostona vaqti bilan soat 14:00 da (London vaqti bilan 8:00) oddiy aksiyalarining AQSh dollarida bozor oldidan dastlabki savdolari faqat AIX da, GDT AIX va LSEda  amalga oshiriladi. Freedom Broker AIXda marketmeyker sifatida ishlaydi.

AIX boshqaruvi raisi Asel Mukajanova Freedom Broker bilan hamkorlik tufayli qozog‘istonlik investorlar erta savdo qilish imkoniyatiga ega bo‘lganini ta’kidladi. Qozog‘istonda bunday auksionlar birinchi marta o‘tkazildi. AIX aksiyalar va GDTlarning dual listingi orqali mahalliy va tashqi bozorlarni birlashtiradi. Bu savdoni osonlashtiradi.

Freedom Finance Global direktorlar kengashi raisi Sergey Lukyanov ta’kidladi:

«Albatta, biz mijozlarimiz va endigina fond bozorida savdo qilishni rejalashtirayotganlar orasida Air Astana qimmatli qog‘ozlariga yuqori qiziqish va katta talabni ko‘ryapmiz. Katta tajriba va tegishli texnologiyalarga ega bo‘lgan holda, biz mamnuniyat bilan AIX tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga va bozor oldidan dastlabki savdo davrida marketmeyker sifatida harakat qilishga qaror qildik. AIX bilan hamkorligimiz qozog‘istonliklarga xorijiy investorlar bilan teng asosda qimmatli qog‘ozlar savdosini boshlash imkoniyatini beradi va ularning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan talablarini qondiradi. Tranzaksiya tartibi standartdir; investor shunchaki o‘z brokeri orqali aksiya buyurtmasini yuborishi kerak. Tashqi bozorlardan amaliyotning joriy etilishi mahalliy fond bozorining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda, qozog‘istonlik investorlar imkoniyatlarini kengaytirmoqda».

Air Astana IPO 2011-yildan beri tayyorlanmoqda. 2018-yilda kompaniya, «Samruk-Kazina» jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, joylashtirishga tayyor edi, biroq u yana qoldirildi. Yil boshida aviakompaniya bir vaqtning o‘zida uchta platformada: Qozog‘istonning KASE va AIX, shuningdek, London fond birjasida (LSE) IPO o‘tkazish niyatini e’lon qilgan edi.

6-fevral kuni aviakompaniya 2023-yilning dastlabki to‘qqiz oyi uchun moliyaviy natijalarni e’lon qildi. Ushbu davrdagi daromad $900,6 mln tashkil etdi, bu 20,5 foizga rekord o‘sishni ko‘rsatdi. Sof foyda o‘tgan yilga nisbatan 18,7 foizga oshib, $72,4 mln tashkil etdi. Joylashtirish summasi $300 mln tashkil qiladi, bunga amaldagi aksiyadorlar aksiyalari kiradi («Samruk-Kazina» 51 foiz aksiyaga egalik qiladi, 49 foizi Britaniyaning BAE Systems kompaniyasiga tegishli. ) va $120 mln yangi aksiyalar chiqariladi.

Aksiyalar va global depozitar tilxatlarni sotishdan tushgan mablag‘lar biznesni rivojlantirishga, xususan, samolyotlar parkini kengaytirish – ehtiyot qismlarni sotib olishga, havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish va kapital ta‘mirlash tarmog‘ini kengaytirishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek