McDonald’s Yaqin Sharqdagi mojarolar tufayli zarar ko‘rmoqda

eʼlon qilindi
Xitoy bozorida ham muammolar mavjud
Foto: Reuters

Amerikaning mashhur oziq-ovqat tarmog‘i McDonald‘s so‘nggi to‘rt yil ichida birinchi marta xalqaro bozorlarda bir chorakda zarar ko‘rgani haqida xabar berdi. Bunga korporatsiyaning Isroil tarafini egallagani taxmin qilinayotgan Yaqin Sharqdagi mojaro sabab bo‘lgan. Vaziyat haqida Big News Network portali yozdi.

«Mojaro to‘rtinchi chorakda (2023 yil – Tahrir) ba’zi chet el bozorlaridagi ko‘rsatkichlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi», dedi McDonald‘s bayonotida. Kompaniyaning tushuntirishicha, tarmoq muassasalari eng ko‘p Yaqin Sharqda, shuningdek, Malayziya, Indoneziya va Fransiyada zarar ko‘rgan.

«Urushning oqibatlari (…) bizning eng katta muammomiz bo’ladi. Aftidan, bu muammo keyingi chorakda yoki hatto ikkinchi chorakda ham davom etadi», dedi McDonald’s aksiyalariga egalik qiluvchi Zacks Investment Management portfel menejeri Brayan Malberi.

Shuningdek, Xitoyda tarmoq daromadlari o‘sishi sekinlashganini qayd etgan. Bu McDonald’sning ikkinchi yirik bozori. Sababi, kam ta’minlangan iste’molchilar iqtisodiy qiyinchiliklar sharoitida xarajatlarni qisqartirmoqda.

McDonald’s – Amerika korporatsiyasi bo‘lib, uning restoranlari franchayzing tizimida ishlaydi. 2022-yil yakuniga ko‘ra, brend ostida 40 mingdan ortiq umumiy ovqatlanish shoxobchalari faoliyat ko‘rsatgan.

Avvalroq, «Kursiv» aprel oyida ushbu tarmoq AQShdagi ofislarini vaqtincha yopganini yozgan edi.

Shuningdek