Osiyo Kubogi finali 10-fevral kuni bo‘lib o‘tadi

eʼlon qilindi
Qatar terma jamoasi Iordaniya vakillariga qarshi to‘p surishadi
Foto: Championat Asia

10-fevral kuni Qatarda Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi finaliga start beriladi. Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da mezbonlar Qatar terma jamoasi Iordaniya vakillariga qarshi to‘p surishadi.

Qatar ketma-ket ikkinchi marotaba Osiyo Kubogi finaliga yo‘l olmoqda. O‘tgan Osiyo Kubogida Qatar chempion bo‘lgan edi.

Chorak finalda O‘zbekiston terma jamoasini yengib, yarim final bahsida Eronliklar ustidan g‘alaba qozongan Qatar finalda Iordaniyaga duch keladi.

Iordaniya Osiyo Kubogi bahslarda sensatsion natija ko‘rsatdi. Chorak finalda Tojikiston ustidan g‘alaba qozonib va yarim finalda kutilmagan natijaga erishdi. Ular Janubiy Koreya ustidan ishonchli g‘alabaga erishishdi. Iordaniya tarixida birinchi bor finalga yo‘l oldi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston terma jamoasi uchun Osiyo Kubogi yakunlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek