O‘zbekistonda 1 mln gektar maydonga paxta ekiladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
2024-yilda
Foto: Unsplash

O‘zbekistonda joriy yilda 1 mln gektar maydonga paxta ekish rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zagroinspeksiya matbuot-xizmati xabar berdi.

Buning uchun 50 ming tonnaga yaqin urug‘lik chigit ajratiladi. G‘o‘zaning 22 ertapishar, uchta o‘rtapishar, to‘rtta ingichka tolali, 24 yangi navli g‘o‘za navlarini ekish rejalashtirilgan.

Joriy yilning bahorgi dala ishlarida 136 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish rejalashtirilgan.

Avvalroq, «Kursiv» paxtakorlar klasterlar bilan fyuchers shartnomalarini tuzishlari mumkinligi xabar qilgan edi.

Shuningdek