Qatar Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqchi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Birinchi rejalashtirilgan parvoz 2024-yil 2-iyunga belgilangan
Foto: Uzbekistan Airports

Qatar Airways Doha-Toshkent-Doha yoʻnalishi boʻyicha parvozlarni ochadi, deyiladi aviakompaniya saytida.

Birinchi rejalashtirilgan parvoz 2024-yil 2-iyunga belgilangan. Parvozlar haftasiga to’rt marta – dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

«Biz uchun bu darajadagi yirik aviakompaniyaning Toshkent aeroportiga parvoz qilishi juda muhim. Biz har yili nafaqat reyslar geografiyasini kengaytirish, balki xorijiy aviatashuvchilar sonini ko‘paytirish, bozorda sog‘lom raqobatni rivojlantirish va shu bilan birga, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash ustida ish olib boramiz», — deya ta’kidlaydi «Uzbekistan Airports».

Bu tashkilot Qatarning milliy aviakompaniyasi bo’lib, dunyoning 170 dan ortiq yo’nalishlariga parvoz qiladi.

Avvalroq, «Kursiv» to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar Yaroslavl viloyati va O‘zbekistonni bog‘lashini yozgan edi.

Shuningdek