Sobiq “Poytaxt” biznes markazi binosida yong‘in chiqdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q
Foto: Videodan skrinshot

«Poytaxt» biznes markazining sobiq binosida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in tutuninig dastlabki fotosuratlari va videolari foydalanuvchilar tomonidan Internetda tarqaldi. Bu maʼlumotni FVV matbuot xizmati ham tasdiqladi.

O‘t o‘chirish bo‘limiga yong‘in haqida xabar soat 11:40 da kelib tushgan. Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahrining Yunusobod tumani Sharof Rashidov ko‘chasida joylashgan binoda qurilish materiallari yonayotgani ma’lum bo‘ldi.

Voqea joyiga to‘rtta o‘t o‘chirish va qutqaruv guruhi yetib kelib, sakkiz daqiqa ichida yong‘inni o‘chirishdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» Andijondagi ko‘p qavatli uylardan birida gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘lgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek