Samarqand viloyatining Nurobod tumanida qishloq xo‘jaligi yerlarni noqonuniy sotishning oldi olindi, deb xabar berdi O‘zR Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Huquq-tartibot idoralari xodimlariga ko‘ra, «X.» fermer xo‘jaligi rahbari va muqaddam sudlangan hisobchi fuqaro Sh.J’ning ishonchiga kirgan. Unga 3 gektar yerni $70 ming sotishga va’da berishgan.Fermer $35 ming avans olayotgan paytda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda kiberfiribgarlikdan jabr ko‘rgan fuqarolarga kartalaridan o‘g‘irlangan pullar qaytarilgani haqida e’lon bergan edi.