Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogida mezbonlar Iordaniya terma jamoasini finalda mag‘lub etishdi.
Final bosqichining 1- taymida 22-daqiqada Iordaniya darvozasiga penalti berildi va Qatar terma jamoasi hujumchisi Akram Afif 11-metrlik jarima zarbasini aniq yo‘naltirdi, hisob 1:0 o‘zgardi.
2-taymda 67- daqiqada esa Iordaniya vakili Yazan Al Naymat aniq zarbasidan so‘ng hisobni tenglashtirdi. Biroq, 72- daqiqada mezbonlar uchun yana jarima zarbasi berildi, ikkinchi penaltini aniq ijro etgan Akram Afif hisobni Qatar foydasiga o‘zgartirdi, tabloda 2:1. 2-taymga qo‘shilgan vaqtda 90+5-daqiqada Iordaniya darvozasiga uchinchi marta penalti qo‘yildi va Akram Afif uchinchi marotaba 11-metrlik jarima zarbasini aniq darvozaga yo‘naltirdi, hisob 3:1. Qatar ikkinchi marotaba ketma-ket Osiyo Kubogi g‘olibi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston terma jamoasi uchun Osiyo Kubogi yakunlanganini e’lon qilgan edi.