Isroilning Rafahga bergan zarbalari tufayli 60 dan ortiq odam halok bo’ldi

eʼlon qilindi
Rasmiylar bu shaharda harbiy operatsiya o‘tkazishni rejalashtirmoqda
Foto: YAY_Images/Depositphotos

Isroilning G‘azo sektoridagi Rafah shahriga bergan zarbalari natijasida kamida 67 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Tasnim agentligi.

Ushbu aholi punktining janubiy qismiga zarbalar 12 fevralga o‘tar kechasi amalga oshirilgan. Isroil mudofaa kuchlari maʼlumotlariga koʻra, Falastinning Hamas harakati nishonlariga hujum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshida Isroil rasmiylari Rafahda Hamasni yo‘q qilish bo‘yicha ehtimoliy harbiy operatsiyani e’lon qilgan edi. Shu bilan birga, Isroil tinch aholini evakuatsiya qilish zarurligini tan oldi.

Anadolu agentligining qayd etishicha, Rafahda kamida 1,3 million tinch aholi bor.

Misr va Livan Quddusning Rafahga qo‘shin yuborish rejalarini qoraladi. Bungacha Misr Isroilni tinchlik bitimini to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qilgan edi.

Qo’shma Shtatlar ham noroziligini bildirdi.Amerika Davlat departamenti vakili Vedant Patelga ko’ra, Isroilning to’g’ri rejalashtirilmagan harbiy kampaniyasi falokatga aylanadi.

Avvalroq, «Kursiv» 6 fevral kuni Isroil harbiylari BMT karvonini o‘qqa tutgani haqida yozgan edi.

Shuningdek