Mirziyoyev oʻgʻitlar tannarxni pasaytirish boʻyicha topshiriq berdi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qishloq xoʻjaligi masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda oʻgʻitlar narxini 15 foizga arzonlashtirish boʻyicha topshiriq berdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.
Unga ko‘ra, joriy yilda qishloq xo‘jaligini 900 ming tonna mineral o‘g‘it bilan ta’minlash zarur.
Davlat rahbari suv taqchilligi masalasiga ham to‘xtaldi. Mirziyoev yer va suv resurslari cheklangan qishloq xoʻjaligi mutasaddilari joriy yilda mutlaqo yangicha ish olib borishi zarurligini aytdi.
«Joriy yilda tumanlarga hosildor urug‘larni yetkazib, dehqonlarni yangi agrotexnologiyalarga o‘qitib, paxta va g‘allada hosildorlikni yana-da oshirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi», – deyiladi xabarda.
Prezident yana 70 ta tumanda mineral o‘g‘it saqlash omborlarini tashkil qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
Avvalroq, «Kursiv» qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohasi 2023-yilda OʻzR’da biznes muhitining asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylangani haqida yozgan edi.