Bitkoin narxi uch yil oldingi rekordga qaytdi

eʼlon qilindi
Narxi $50 mingdan oshdi
Foto: kaiskynet@gmail.com / depositphotos.com

12-fevralda bitkoin narxi $50 mingdan oshdi.Bu 2021-yil oxiridan beri rekord ko‘rsatkichdir, deb xabar berdi RBC.

Ushbu sanaga qadar kriptovalyutaning rekord narxi $48,9 ming tashkil qilgan. Bitcoin 11-yanvarda bu ko‘rsatkichga yetgan, shundan so‘ng uning narxi pasayishni boshlagan.

CoinMarketCap platformasi maʼlumotlariga koʻra, Toshkent vaqti bilan 7:57 holatiga koʻra, bitkoin narxi $49,97 ming tashkil etadi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda kriptovalyuta sotib olishning qanday yo‘llari borligi haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek