OpenAI bosh direktori SI xalqaro regulyatorini yaratishga chaqiradi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Uning fikricha, neyron tarmog‘ini yanada rivojlantirishga o‘tishdan oldin odamlarni himoya qilish kerak
Foto: AP Photo

Hukumatlar SI sohasini tartibga soluvchi va undan xavfsiz foydalanish choralarini ishlab chiqadigan Xalqaro atom energiyasi agentligiga o‘xshash tashkilot yaratishi kerak, deydi OpenAI asoschisi va bosh direktori Sem Altman. Bu haqda u Dubaydagi Jahon hukumati sammitida aytdi.

Uning fikricha, tashkilotni super-SI yaratishdan oldin tashkil qilish kerak.

«Menimcha, biz sun’iy intellektni boshqarish vositalarini joriy qilish uchun sinov platformasini ishga tushirishimiz kerak», dedi u.

Altmanning fikricha, bu odamlarga texnologiyani yaxshiroq tushunishga va uni samarali tartibga solishga yordam beradi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Frank RG mutaxassislari 2030-yilga borib neyron tarmoq inson miyasi darajasidagi muammolarni hal qila olishini prognoz qilgan edi.

Shuningdek