O‘zbekistonda birinchi yashil energiya sertifikatlari berildi

eʼlon qilindi
Tuyabug‘uz GESi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun
Foto: samotrebizan/Depositphotos

Oʻzbekistonda ilk bora ikki mingta «yashil energiya» sertifikatlari berildi, deb xabar qildi Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati.

Ushbu sertifikatlar Tuyabug‘uz GESi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun berilgan.

2024-yil fevral oyida O‘zbekistonda bunday sertifikatlar egalari uchun imtiyozlar joriy qilingan edi. Xususan, ularni sotishdan olingan daromad daromad solig‘idan ozod qilingan edi.

«Yashil» sertifikat muqobil energiyani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan moliyaviy va tartibga soluvchi vositadir. Bunday sertifikatlar yashil elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilishni kuzatish imkonini beradi.

Ularni amalga oshirish 2023-yilgi Davlat dasturida belgilangan. Maxsus loyiha idorasi «yashil» sertifikatlarni ro‘yxatga olish va sotish uchun javobgardir.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston 2050-yilgacha kam uglerodli rivojlanish strategiyasi 2024-yilda ishlab chiqilishini yozgan edi.

Shuningdek