Eronda gaz quvuri portladi

eʼlon qilindi
Bu vahima keltirib chiqardi
Foto: Stockr / Depositphotos

Eronning Borujen shahrida magistral gaz quvurida kuchli portlash yuz berdi. Qurbonlar yo‘q, biroq hodisa aholi orasida vahima uyg‘otdi, deb xabar berdi mahalliy Mehr agentligi.

Ushbu gaz quvuri Halvay dovoni hududida joylashgan. Inshootning portlashi natijasida u yerda yong‘in boshlangan, yong‘inni o‘chirishda maxsus xizmat ishlamoqda. Yaqin atrofdagi yo‘l transport harakati uchun yopildi.

Quvurlarda qolgan gaz yonib ketguncha quvur orqali gaz ta’minoti to‘xtatildi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil fevral oyi boshida Andijondagi ko‘p qavatli uylardan birida gaz portlab, bir kishi halok bo‘lgan.

Shuningdek